AsosiyJamiyat

Ertadan Samarqanddagi ayrim ko`chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

'Ertadan Samarqanddagi ayrim ko`chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

Samarqand shahrida joriy yilning 9-11 iyun kunlari triatlon bo`yicha “2023-Asian Triathlon Cup Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda “Chellenge Samarkand” O`zbekiston chempionati o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko`ra, musobaqalarni ko`tarinki kayfiyatda o`tkazish va tadbirlar bo`lib o`tadigan kunlari yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida shaharning O`zbektrakt, Usto Umar Jo`raqulov, Shabod, Sadriddin Ayniy, Universitet xiyoboni, Registon, Islom Karimov, Zargaron, Dahbed, Shohi Zinda, Ibn Sino, Motrid, M-37 yo`li va Toshkentrakt ko`chasida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.

    Boshqa yangiliklar