Samarqandda ikki yigit begona ayolning uyiga kirishdi. Ayol IIB xodimlaridan yordam so`radi. Huquqbuzarlarni ushlash vaqtida ular xodimlarga bo`ysunmay janjal ko`tarishdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 07 iyun kuni tungi xizmatga jalb qilingan, Kattaqo`rg`on shahar IIB xodimlari shaharning G`aribmasjid MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, shu erda yashovchi N.R. ismli ayol 2 nafar notanish shaxslar yashash xonadoniga kirganligini ma`lum qilgan.
Shundan so`ng, profilaktika inspektorlari M.Radjabov va D.Ismoilovlar ushbu shaxslarni ushlamoqchi bo`lishganida ular xodimlardan qochishga urinib, faol qarshilik qilib, xodimlarini qonuniy talabini bajarmasdan janjal ko`tarishgan.
Profilaktika inspektorlari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolar ushlanib, IIBga olib kelinib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 45-moddasi, 183-modda, 194-modda 1-qismi va 195-moddalariga asosan xujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Kattaqo`rg`on shahar sudiga yuborildi.






