Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda sodir bo`lgan mudhish YTH aks etgan video tarqaldi.
Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, avtohalokat 2023 yil 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani "Omonqo`ton" mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1121 km.da sodir bo`lgan.
"Cobalt" avtomashina haydovchisi "Urgut-Qarshi" yo`nalishi bo`ylab haraktlanib, boshqaruvini yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan "Kamaz" bilan to`qnashgan.
Natijada, "Cobalt" avtomashina haydovchisi va 3 yo`lovchilari olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, "Kamaz" rusumli avtomashinasi haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






