“INTERMED INNOVATION” MChJ tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan 3-son oilaviy poliklinika binosida lisenziyasiz tibbiy faoliyat olib borilgani aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan so`ng, mazkur MChJga moliyaviy jarima belgilanib, vazirlikning bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalardan iborat qarori qabul qilingan. Ammo “INTERMED INNOVATION” ushbu talablarni bajarmay, boshqa qator manzillarda ham o`z noqonuniy faoliyatini lisenziya olmasdan davom ettirib kelgan.
Oqibatda SSV Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga “INTERMED INNOVATION” MChJga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021 yil 18 fevral kuni berilgan 043023-sonli lisenziyani bekor qilish va 90 mln so`m jarima undirishni so`rab ariza kiritgan. 2023 yil 31 may kuni sud bu talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Shundan kelib chiqib, “INTERMED INNOVATION” MChJga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021 yil 18 fevralda berilgan lisenziya rasman bekor qilingan.






