Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi mehmonxonada yigit va qiz vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu haqda darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 8 iyun kuni Deluxe hotel mexmonxonasiga joylashgan 2000 yilda tug`ilgan yigit va 2002 yilda tug`ilgan qiz vafot etgani aniqlangan. Marhumlarning o`lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.






