AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda harbiy sud xodimi pora bilan qo`lga tushdi

'Qashqadaryoda harbiy sud xodimi pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar pora bilan qo`lga tushdi. Uning bu qilmishi DXX viloyat boshqarmasining tezkor bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda fosh etilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Jizzax viloyatining Jizzax shahrida yashovchi fuqaro DXX viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, Qarshi harbiy sudida o`zi va boshqa bir harbiy xizmatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 291-moddasi bilan qo`zg`atilgan ish ko`rib chiqilayotganini, sudning yakuniy qarori u beradigan pora miqdoriga bog`liq ekanini bildirgan.

Fuqaroning yozishicha, o`zini sudya yordamchisi deb tanishtirgan Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar bersa, sherigi va o`ziga tayinlanishi kutilayotgan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo turiga almashtirib berishlarini aytgan. Va oldindan 1 million so`mni plastik kartasiga tashlatib olish yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Qarshi harbiy sudi xodimi talab qilgan pulning qolgan qismini olayotgan paytda tezkor tadbir tashkilotchilari tomonidan qo`lga olingan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov jarayonlari bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar