Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Toshkentdagi Eron innovasiyalar va texnologiyalar uyi”ga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati Darakchi.uz’ga ma`lum qildi.
Vazir tashrif doirasida “Diba Innovation HUB” binosi bilan tanishib, ikki tomoning kelgusidagi rejalari va istiqbolli loyihalari haqida fikr almashildi.
“Bu loyihadan katta natijalar kutyapmiz. “Toshkentdagi Eron innovasiyalar va texnologiyalar uyi” ikki davlatning o`zaro ilm-fan texnologiyalari va yutuqlarini almashishida ko`prik vazifasini bajaradi.
Eron va O`zbekistonning kelgusidagi hamkorligida ushbu markazning hissasi qo`shilishiga, bu erda yirik loyihalar amalga oshirilishiga ishonchim komil. Ushbu markazda xalqaro ko`rgazmalar, forumlar tashkil etiladi”, dedi vazir.






