1

Misrdan O`zbekistonga Gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Salomatlik 11.06.2023, 15:37
Misrdan O`zbekistonga Gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Joriy yilning fevral oyida O`zbekiston va Misr sog`liqni saqlash vazirliklari o`rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida kuni kecha Sharm-Al-Shayx aeroportidan Toshkentga 13 ming dona “Daklatasvir” preparati etkazib berildi.

Beg`araz yordam sifatida taqdim etilgan dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bemorlarini davolash uchun ishlatiladi.

Ikki tomonlama kelishuvlar doirasida 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini yurtimizga bepul etkazib berish bo`yicha  kelishuvlarga erishilgan.

Qayd etish joizki, Misr gepatit C virusiga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishgan. Misr Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 21-30 may kunlari Jenevada bo`lib o`tgan Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida xabar qilinganidek, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay xalos bo`lgan. Xalqaro tashkilotning mutaxassislari va ekspertlari Misrning ushbu yo`nalishdagi yutuqlarini o`rganib chiqib, shu yilning iyun oyida ular tegishli hisobotni e`lon qilishlari va Misr hukumatiga gepatit C virusini to`liq yo`q qilingani to`g`risida sertifikat taqdim etishlari kutilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, yillar davomida ushbu kasallikdan aziyat chekib kelgan Misr uni mag`lub etgan dunyodagi ilk mamlakat bo`ladi.

Qayd etish joiz, dori vositalardan iborat bo`lgan ushbu yuk hisob bo`yicha joriy yilda O`zbekistonga yuborilgan ettinchisidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1