Ayni kunlarda respublikada kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo sababli poezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda "O`ztemiryo`lovchi" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Bildirilishicha, harorat ko`tarilishi oqibatida er usti temir yo`llarining relslari hamda ularning po`lat qismlarida harorat juda yuqori bo`ladi. Shu bois, yo`lovchilar va poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida poezdlar harakat tezligiga cheklovlar o`rnatiladi.
Ma`lum qilinishicha, harakat tezligiga cheklovlar o`rnatilgan poezdlar sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ o`z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi", deyiladi xabarda.






