AsosiyJamiyat

Buxorodagi “Geofizika ekspedisiyasi” korxonasida yong`in sodir bo`ldi

'Buxorodagi “Geofizika ekspedisiyasi” korxonasida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Geofizika ekspedisiyasi” korxonasida yana yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 11 iyun kuni soat 12:37 da Kogon shahar FVB dispetcherlik xizmatiga Kogon tuman “Geofizika” MFY hududida joylashgan “Geofizika ekspedisiyasi” korxonasi binosida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida xabar berilgan. 

Xabarga ko`r, voqea joyiga jami 6 ta yong`in qutqaruv avtoekipaji jalb etildi. Voqea joyiga soat 12:43 da etib borib, soat 13:16 da to`liq batamom o`chirildi. Yong`in natijasida binoning 40 kv/m maydonda tom osti yog`och qurilmalari yongan. 

Yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari yong`in texnik ekspertlari tomonidan o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar