UzLiDeP tomonidan ko`rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturida ta`lim-tarbiya, yoshlar siyosatiga oid tashabbuslarning mazmun-mohiyati
Joriy yilning muhim siyosiy voqeliklaridan biri, shubhasiz, 9 iyul kuni mamlakatimizda bo`lib o`tadigan Prezidentlik saylovdir. Kuni kecha esa, Prezident saylovi kampaniyasining eng muhim bosqichi — saylovoldi tashviqoti boshlandi. Siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar o`zlarining saylovoldi dasturlarini keng jamoatchilikkae`lon qildi.
Bugungi kunda yoshlar, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar, qo`yingki, barcha aholiqatlamlari ushbu dasturlarning konseptual g`oya va maqsadlari, ustuvor vazifalari, mazmun-mohiyati va istiqbolda amalga oshirilishi kutilganrejalari bilan yaqindan tanishib chiqishmoqda.O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ko`rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturi mamlakatnisiyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jihatdan yuksaltirish borasida beshta strategik maqsadni o`z ichiga qamrab oladi.
Nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqar ekanmiz, undagi birinchi maqsad har bir insonga o`z salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur sharoit yaratish ekanini ko`rish mumkin.
Hech kimga sir emas, saylovda har bir ovoz muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, yoshlarning saylov jarayonidagi fuqarolik pozisiyasi, daxldorligi va faolligi saylov natijalariga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Shu bois ushbu ijtimoiy guruh qatlamdavlat siyosatining diqqat markazida bo`lib kelgan. Nomzodning saylovoldi platformasi muhim jihatlaridan biri bu mamlakatimizning ertangi kunini belgilab beradigan yoshlar masalasiga daxldor qator tashabbuslarni ilgari surishi ekanligini ta`kidlash lozim. Mamlakatimizda bugungi kunda 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar 16 421 696 nafarni tashkil etadi, bu umumiy aholining 46foizi degan ma`noni anglatadi.
O`zbekiston aholisi yiliga 2 foiz o`smoqda,2030 yilga kelib, mamlakat aholisi 40 millionga etadi. Albatta, bu o`z navbatida, xalqimizga,xususan, yoshlarga munosib shart-sharoit yaratishni taqoza etadi. Nomzod o`zining saylovoldi dasturida Yangi O`zbekiston, bu – sog`lom, bilimli va ma`naviy barkamol insonlar yurti, degan shiorni ilgari suradi. Kelgusi etti yilda “Yangi O`zbekiston” degan muhtasham imoratni barpo etish bosh vazifa bo`lishi ta`kidlanadi, Albatta, yangi O`zbekistonni bunyod etishda sog`lom va barkamol yoshlar hal qiluvchi kuch ekanligining e`lon qilinishi yosh saylovchilarga o`zgacha ruh va mas`uliyat bag`ishladi.
Aytish kerakki, 2030 yilga qadar maktabgacha ta`lim qamrovini 100 foizga etkazilishi,shuningdek, qo`shimcha 2 mingta bog`cha qurilishi bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi va O‘zLiDePning ko`p sonli elektorati, ota-onalar uchun quvonchlixabar bo`ldi.
Bog`cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlanishi, maktabgacha ta`lim muassasalarida oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan, sut va yod bilan to`yingan non mahsulotlari berilishining yo`lga qo`yilishi Yangi O`zbekistonda sog`lom, barkamol avlod shakllanishi uchun xizmat qiladigan omillardan biri bo`ladi.
Shuningdek, saylovoldi dasturida “Yiliga 500 ming o`quvchi o`rni” dasturi, xususiy ta`lim tashkilotlariga qo`shimcha engilliklar berilishi, davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurilishi kabi masalalarga ham alohida e`tibor qaratilgan. Boshqacha aytganda, boshlang`ich sinf o`quvchilarining ta`lim planshetlari bilan to`liq ta`minlanishi, chekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yo`lga qo`yilishi ta`lim sifati va o`quvchilar xavfsizligini ta`minlash borasida ulkan vazifalar amalga oshirilishi kutilayotganini anglatadi.
Bundan tashqari biotexnologiya, sun`iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo`nalishlarda yiliga 500 nafar iste`dodli yoshlarni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o`qishga yuborilishi, buning uchun 200 million AQSh dollari miqdorida mablag` yo`naltirilishi, saylovoldi dasturidagi xalqimiz kelajagiga bevosita daxldor tarixiy vazifalardesak, aslo mubolag`a bo`lmaydi.
Xulosa sifatida shuni ta`kidlash lozimki, O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilgan nomzodning saylovoldi platformasi davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarini, elektorat vakillarining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qilish uchun mo`ljallangani, shuningdek,yaqin va o`rta istiqbolni belgilaydigan strategik xujjat ekanligini ta`kidlash joiz.
Anvarjon Mirkomilov,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
bo`lim boshlig`i






