1

Suyak emirilishini operasiyasiz davolash mumkinmi?

Salomatlik 12.06.2023, 09:10
Suyak emirilishini operasiyasiz davolash mumkinmi?

Ushbu savolga mutaxassis Murod Irismetov Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori javob berdi:

Avaskulyar nekroz kasalligi to`rt bosqichda rivojlanadi va shunga ko`ra og`riqlar vaqt o`tishi bilan kuchayadi

I bosqich (6 oy). Son suyagi boshchasi tuzilishi 10 foizgacha o`zgaradi, biroq bo`g`imlar harakati cheklanmaydi. Vaqti-vaqti bilan chov sohasida og`riqlar paydo bo`ladi. Biroq suyak strukturasidagi mikroskopik o`zgarishlar rentgen tasvirlarida ko`rinmaydi. 

II bosqich (6 oy). Son suyagi boshchasida yoriqlar shakllanadi. Kasallik o`chog`ida zararlanish maydoni 10-30 foizni tashkil qiladi. Bo`g`imlar harakati bir muncha cheklanib, oqsoqlanish, chov sohasida kesuvchi og`riqlar kuzatiladi. 

III bosqich (3-6 oy). Bu davrda ikkilamchi artroz rivojlanadi. Suyakdagi shikastlanishlar hajmi 30-50 foizgacha etib, bo`g`imlar harakati keskin kamayadi va kuchli og`riqlar doimiy tusga kiradi. 

IV bosqich. Son suyagi boshchasi to`liq emiriladi. Bo`g`imlardagi doimiy og`riqlar bel, yonbosh sohalariga ham ko`chib, xastalangan oyoqlarni harakatlantirish deyarli imkonsiz bo`lib qoladi. Zararlanish o`chog`i esa 50-80 foizni tashkil etadi. 

Aseptik nekrozda konservativ muolajalar kasallikning erta bosqichida samara berishi kuzatilgan.

Garchi hozircha son suyagi boshchasi arteriyasida qon aylanishini tiklovchi yagona preparat yo`q bo`lsa-da, kompleks davo choralari, masalan, yallig`lanishga qarshi, qon-tomir tizimiga mo`ljallangan preparatlar, vitaminlar, fizioterapiya, maxsus mashqlar va bo`g`imlar zo`riqishiga yo`l qo`ymaslik orqali suyak emirilishi jarayonini to`xtatish mumkin.

Bu esa jarrohlik amaliyotini ortga surish va hatto operasiyasiz ham sog`lom hayotga qaytish imkonini beradi. 

Odatda, avaskulyar osteonekroz 50 foiz bemorlarda bir vaqtning o`zida ikki oyoqda ham uchraydi. Ammo tegishli davo muolajalari qo`llanilmasa, bir oyoqda kuzatilgan nekroz bora-bora ikkinchi oyoqdagi son suyagi boshchasining ham emirilishiga olib keladi. 

Xastalikning so`nggi bosqichlarida esa endoprotezlash muolaja usuliga murojaat qilinadi. 

‼️ Hozir Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya markazida eng ilg`or usullar asosida shunday yuqori texnologik jarrohlik operasiyalari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1