Toshkent viloyati Zangiota tumanida avtomobil yo`li bo`yida yirik yong`in sodir bo`ldi. FVV bu bo`yicha ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 11 iyun kuni 21:41 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Quyoshli” MFY hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`li bo`yida taxminan 150 kv/m ochiq maydonda quruq o`t yongan. Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 21:47 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 22:50 da o`chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






