Dam olish kunlari haroratning biroz pasayganidan so`ng, ushbu haftada harorat yana asta-sekin ko`tarla boshlaydi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.
Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo 37-40⁰ gacha, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 41-42⁰ gacha isiydi. Bu iyun oyining o`rtasi uchun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir.
Respublika hududi bo`yicha ushbu hafta davomida ob-havo asosan yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog` oldi va tog`li hududlarda 12-13 iyun kunlari ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
12-13 iyun kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda ushbu haftada havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyunda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi 23-25⁰, kunduzi 37-39⁰ bo`ladi.
12.06.2023 11:47
Ushbu hafta kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi






