AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Damas Neksiya-2 bilan to`qnashib yonib ketdi

'Qashqadaryoda Damas Neksiya-2 bilan to`qnashib yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 12 iyun kuni soat taxminan 06:44 lar atrofida Shahrisabz shahar Ipak yo`l" va Bahodir Tarag`ay ko`chalari chorrahasida “Neksiya 2” va “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda. 

Natijada “Damas” rusumli avtomashinada yong`in chiqqan.
Yong`in oqibatida avtoulov to`liq zarar ko`rgan. Yong`in sabab hech kim tan jarohati olmadi.
Ma`lum bo`lishich, yong`in bo`yicha xabar Shahrisabz shahar FVB ga kelib tushgach, 1 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi soat 06.50 larda yong`inni to`liq o`chirgan.
 

Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar