2023-2024 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 20,7 km uzunlikdagi “turizm halqasi” loyihasi barpo etiladi.
Bu haqda Prezident joriy yil 7 iyun kuni PQ-182 son qarorni imzoladi.
Qaror bilan Hukumatga bir oy muddatda poytaxtdagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari hududini tartibga keltirish va turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan qarorni qabul qilishi lozim.
Hukumat hujjatida bozor hududidagi tartibsiz qurilmalar o`rniga loyiha asosida zamonaviy savdo rastalarini joylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko`p qavatli avtoturargoh tashkil etish hamda piyodalar yo`laklarini qurish va irrigasiya tarmoqarini yangilash kabilar e`tiborga olinadi.
Shuningdek, bozor hududidagi bo`sh turgan bino-inshootlar milliy arxitektura ishlanmalarini aks ettirgan loyihalar asosida rekonstruksiya qilinadi va qo`shimcha yangi savdo rastalari quriladi.






