“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Izbosarov Agzam Faxriddinovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig`i lavozimida ish olib borgan.
Shuningdek, Shuhrat Po`latov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u Mirobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.






