AsosiyJamiyat

Turin politexnika universitetining yangi ochilgan "Aerokosmik muhandisligi" yo`nalishiga hujjatlar qabuli boshlandi

'Turin politexnika universitetining yangi ochilgan "Aerokosmik muhandisligi" yo`nalishiga hujjatlar qabuli boshlandi'ning rasmi

“O`zavtosanoat” AJ tarkibiga kirgan Toshkent shahar Turin politexnika universiteti "aerokosmik muhandisligi"ga 2023/2024-o`quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Yangi ta`lim yo`nalishi bo`yicha 100 ta o`rin ochildi, shundan 50 tasi grant asosida.

Uchuvchi bo`lishni orzu qilgan eng yaxshi bitiruvchilar uchun “Uzbekistan Airways” kompaniyasi suhbat o`tkazadi va saralash natijasidan so`ng, uchuvchilar uchun mo`ljallangan 18 oylik maktabiga taklif qiladi hamda uchuvchilik kasbini o`rgatadi. Ta`kidlash joiz, ushbu dastur 15 dan 20 ming dollargacha baholanadi, ammo Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilari uchun bu imkoniyat bepul taqdim etiladi!

Aerokosmik muhandisligi xalqaro diplomi sizga dunyoning istalgan universitetida o`qishni davom ettirish yoki 160 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan butun Evropa va AQShda ishlash imkonini beradi.

Hujjatlar qabuli 1-iyundan 30-iyungacha onlayn shaklda polito.uz/admission-info sayti orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar