Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev bu borada Qoraqalpog`istonda 2030 yilga qadar mo`ljallangan rejalari haqida to`xtalib o`tdi.
Jumladan:
- mahalla va ovullarda 6ming kilometr yo`llar hamda 150ta ko`prik ta`mirlanadi;
- 5 ming kilometr elektr tarmog`i, 1ming 350ta transformator va 10ta podstansiya yangilanadi;
- 70ming xonadonga ega 2mingta ko`p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi;
- barcha ijtimoiy va davlat idoralari hamda 17 ming xonadonda 55 mega vatt quvvatli quyosh panellari o`rnatiladi.






