Samarqand viloyatida esayotgan kuchli shamol natijasida soat 8:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`chirildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Xabarda ta`kidlanishicha, Samarqand shahri, Jomboy, Urgut, Tayloq, Pastdarg`om va Oqdaryo tumanlarining ayrim hududlarida jami 3250 ta iste`molchining elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so`ng elektr ta`minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so`raymiz, deyiladi vazirlik xabarida.
13.06.2023 09:32
Samarqandda kuchli shamol tufayli "svet" o`chishi kuzatilmoqda






