AsosiyJamiyat

Toshkent-Samarqand yo'nalishida uchayotgan samolyotda sigaret chekkan 70 yoshli ayol jarimaga tortildi

'Toshkent-Samarqand yo'nalishida uchayotgan samolyotda sigaret chekkan 70 yoshli ayol jarimaga tortildi'ning rasmi

Toshkent-Samarqand yo`nalishi bo`yicha parvoz vaqtida ogohlantirishlarga qaramay sigaret chekkan ayol jarimaga tortildi. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabari berdi

Ma`lum qilinishicha, 12 iyun kuni Toshkent — Samarqand yo`nalishi bo`yicha parvoz vaqtida 70 yoshli ayol samolyot hojatxonasida sigaret chekishni boshlagan. Tamaki mahsulotlarining hidini sezgan bort kuzatuvchilari yo`lovchiga samolyot bortida chekish qat`iyan taqiqlanganligini tushuntirishga harakat qilishgan. Bunga javoban ayol o`z noroziligini bildirgan.

Bort kuzatuvchilari vaziyat haqida samolyot komandiriga xabar berishgan va komandir Samarqandga etib kelgach, huquq-tartibot xodimlarini chaqirishga qaror qilgan.

Samolyot bortida tamaki mahsulotlarini iste`mol qilgani uchun yo`lovchiga nisbatan huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan 2 BHM miqdorida (660 ming so`m) jarimani nazarda tutuvchi ma`muriy bayonnoma tuzilgan.

“Eslatib o`tamiz, samolyot bortida chekish qat`iyan man etiladi. Bu MJtKning 122-moddasi 2-qismi bilan tartibga solingan. Bundan tashqari, bortda chekish nafaqat boshqa yo`lovchilar uchun yoqimsiz, balki juda xavfli ekanligini ham tushunish lozim. Bu samolyotda xavfli tutun chiqishi, yong`in chiqishi hamda avia halokatga olib kelishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar