Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 13 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chirildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra:
Yashnobod tumanining: Yangilik, Muruvvat ko`chalari, Asalobod hamda “Tuzel” 2-mavzelari, Darxon, Ilg`or shox, Ilg`or 2-berk, Mirishkor ko`chalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Sergeli tumanining: «Sug`diyona», «Nog`oyqo`rg`on» hamda «Belariq» MFYlarining qisman hududlarida soat 17:00 gacha;
Mirobod tumanining: Shahrisabz ko`chasidagi 38 ko`p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumanining: Dilxush, Go`zal hamda Qizil sharq ko`chalari hududida soat 18:00 gacha;
Yakkasaroy tumanining: A. Qahhor, 15-31, 4-, 5-tor, Xumo, Damariq 1-, 2-tor, Glinka ko`chalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yo`li, “Qushbegi” dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;
Yunusobod tumanining: Kulol qo`rg`on ko`chasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha
O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi",–deyiladi xabarda.






