O`zbekistonlik futbol darvozaboni, SSSR sport ustasi Nikolay Lyubarsev 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi Axborot xizmati xabar berdi.
Nikolay Lyubarsev 1942 yil 1 noyabr kuni Toshkent shahrida tug`ilgan. U Taganrog futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Professional futboldagi faoliyatida “Paxtakor”, “Traktor Pavlodar”, “Torpedo Taganrog”, “Torpedo Taganrog” futbol klublari safida o`ynagan. SSSR chempionati Oliy ligasida umumiy 150 ta o`yin o`tkazgan va 1967/1968 yilgi SSSR kubogi finalchisi bo`lgan.
Shuningdek, “Paxtakor”, “Zarafshon”, “Kosonsoy”, “Xorazm”, “Yangier” va “Navbahor” kabi futbol klublariga murabbiylik qilgan.






