AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan asal bog`cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik rasioniga kiritiladi

'1 sentyabrdan asal bog`cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik rasioniga kiritiladi'ning rasmi

"Asalarichilik tarmog`ini qo`llab-quvvatlash va qishloq xo`jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2023 yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g`o`zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo`llaniladi.

Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg`ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.

2024 yildan intensiv mevali bog`larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo`llash choralari ko`riladi.

2023 yil 1 sentyabrdan maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste`mol rasioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko`rib chiqiladi.

Har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko`rgazmasi o`tkazib boriladi.

Asalarichilik sub`ektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federasiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko`rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini ta`minlash bo`yicha zarur choralar ko`riladi.

“Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bog`larda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qo`llash bo`yicha o`quv kurslari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar