AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki kishi "park"dagi attraksiondan tushib ketdi

'Toshkentda ikki kishi "park"dagi attraksiondan tushib ketdi'ning rasmi

Toshkentdagi “Anhor—Lokomotiv” ko`ngilochar bog`ida ikki kishi attraksiondan yiqilib tushdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea 12 iyun kuni soat 22:10 lar atrofida yuz bergan. 24 yoshli B.E va 30 yoshli T.M “Melnisa” attraksionida uchayotganida xavfsizlik kamarlarini taqishmagani oqibatida attraksion harakatlanayotgan paytda yiqilib tushgan.

Mazkur bog`da xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari zudlik bilan etib kelib chaqirtirilgan tez yordam kelguniga qadar ularga birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan. 

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga etib kelgach xodimlar ularga ko`mak berib, fuqarolarni Chilonzor tumanida joylashgan Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qo`ygan.

    Boshqa yangiliklar