Xorazmning barcha bog`cha va maktablari filtrlangan ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev saylov oldi tashviqot tadbirida ma`lum qildi.
2030 yilga qadar maktabgacha ta`limga bo`lgan ehtiyoj to`liq qoplanadi va qamrov hozirgi 79 foizdan 100 foizga etkaziladi.
Shu maqsadda, qariyb 2 trillion so`m mablag` hisobiga 500 ga yaqin yangi bog`chalar tashkil etiladi.
Kelgusi etti yilda zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish hisobiga qo`shimcha 90 ming o`quvchi o`rni yaratiladi.
Natijada, viloyatda o`quvchisi 30 nafardan ko`p bo`lgan sinflar qolmaydi, deb ta`kidladi nomzod (hozirda 2 mingdan ziyod sinfda 35 ta va undan ko`p bola o`qiydi).






