AsosiyJamiyat

Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshiriladi

'Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshiriladi'ning rasmi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida  kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshirilishini ma`lum qildi. 

“Iqtisodiyotning eng tez o`sib borayotgan yo`nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirib, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini faol qo`llab-quvvatlaymiz.

Kelgusi etti yilda amaliy tadqiqotlarga davlat tomonidan 4 trillion so`m, tarmoqlar va xususiy sektor tomonidan ham yana shuncha mablag` yo`naltiriladi. Shuningdek, Innovasiya jamg`armasiga 5 trillion so`m ajratilib, yangi loyihalarni qo`llab-quvvatlashga sarflanadi.

Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat kabi yo`nalishlar bo`yicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini qabul qilamiz. Ushbu maqsadlarga kelgusi etti yilda 2 trillion so`m ajratiladi.

Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshiriladi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar