Jizzax viloyati Baxmal tumanida bedarak yo`qolgan 22 yoshli qiz etti oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 2001 yilning 25 iyulida tug`ilgan, Baxmal tumani “Bunyodkor” MFY Maxsum qishlog`ida yashagan Shahlo Rahimova qidirilmoqda. U 2022 yilning 10 dekabr kuni yashash uyidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan.
22 yoshli Shahlo Rahimovani ko`rgan va u haqda ma`lumotga ega bo`lganlar Jizzax viloyati IIBning 102 telefon raqamlariga xabar berishi so`ralgan.






