Qashqadaryoda Majburiy ijro byurosining Ko`kdala va Shahrisabz tuman bo`limlari xodimlari chetga chiqishga qo`yilgan taqiqni echish evaziga fuqarodan 1200 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 3 iyun kuni o`tkazilgan tezkor tadbirda byuroning Ko`kdala va Shahrisabz tuman bo`limlari ikki xodimi Shahrisabz shahri “Bog`ibahor” MFYda yashovchi fuqaroni unga nisbatan chetga chiqish uchun qo`yilgan taqiqni echib berish evaziga olgan 1200 dollarni unga qaytarib berayotgan vaqtda qo`lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilingan.






