AsosiyDunyo

BMT sun`iy intellektdan noto`g`ri foydalanilayotganidan xavotirda

'BMT sun`iy intellektdan noto`g`ri foydalanilayotganidan xavotirda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli platformalar odamlarni bog`lash vositasi emas, balki qo`rquv va dezinformasiya manbayi bo`lib bormoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

“Hozirda raqamli platformalardan ilm-fanga putur etkazish, noto`g`ri ma`lumot tarqatish va nafratni qo`zg`atish uchun noto`g`ri foydalanilmoqda”, — dedi u.

U kompyuter ilovalari nazoratdan chiqib ketmasligi, xavfsiz, himoyalangan, axloqiy va inson huquqlari bo`yicha majburiyatlarga javob beradigan barcha choralarni ko`rishga chaqirdi. Bundan tashqari, BMT Bosh kotibiga ko`ra, davlatlar buning uchun “shoshilinch va zudlik bilan” choralar ko`rishlari kerak.

    Boshqa yangiliklar