AsosiyJamiyat

AQShning Toshkentdagi elchixonasi turistik viza olish uchun yangi joylar ochdi

'AQShning Toshkentdagi elchixonasi turistik viza olish uchun yangi joylar ochdi'ning rasmi

AQSh elchixonasi sentyabrdan dekabr oyigacha noimmigrasion vizalar bo`yicha suhbatlar va arizalarni ro`yxatdan o`tkazish uchun joylar ochilganini ma`lum qildi.

Ro`yxatga olish har seshanba va payshanba kunlari soat 16:00 da bo`lib o`tadi. 

Onlayn suhbat uchun uchrashuv tayinlashdan oldin siz viza anketa to`ldirishingiz kerak.

AQSh turistik vizasi 12 oy muddatga amal qiladi.

Elchixonaning ma`lum qilishicha, ayni damda iyul-avgust oylari uchun joylar soni cheklangan va deyarli to`lgan.

Eslatib o`tamiz, 17 iyundan AQShga tashrif buyurishni xohlovchi fuqarolar uchun viza to`lovlari oshiriladi. Sayyohlik vizasiga, shuningdek, petisiya asosidagi noimmigrasion vizaga murojaat qilish uchun to`lov 160 dollardan 185 dollargacha oshadi.

    Boshqa yangiliklar