AsosiyJamiyat

25 iyun kuni 16 ta shaharda "Yangi Nafas" yugurish musobaqasiga start beriladi

'25 iyun kuni 16 ta shaharda "Yangi Nafas" yugurish musobaqasiga start beriladi'ning rasmi

Engil atletika federasiyasida OAV vakillari ishtirokida qator musobaqalarga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi. Unda, xususan, Yoshlar kuni munosabati bilan o`tkaziladigan "Yangi Nafas" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi, "Vatan Qalqoni" harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi va "Olympic Day" xalqaro sanasi munosabati bilan tashkil etiladigan ommaviy yugurish musobaqasi to`g`risida ma`lumot berildi.

Jurnalistlar bilan uchrashuvda Sport va yoshlar siyosati vaziri o`rinbosari Shahrillo Mahmudov, Engil atletika federasiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro`zamuhamedov va O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etdi.

25 iyun kuni ertalab soat 06:00 da 16 ta shaharda musobaqaga bir vaqtda start berilishi aytib o`tildi. Ishtirokchilarga 3 ta masofani tanlash imkoniyati taqdim etiladi: 1 milya (1609 m), 3 km, 10 km, Farg`ona, Namangan, Buxoro, Samarqand va Nukusda — 1 milya va 3 km. Andijon, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G`uzor, Urganchda — 3 km.

"Yangi Nafas" poygasida ishtirok etishni xohlovchilarning barchasi uchun iticket.uz saytida 21 iyunga qadar ro`yxatdan o`tish davom etadi.

    Boshqa yangiliklar