O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog`lig`i bilan yuzaga kelgan muammolar sababli “CAFA Nations Cup 2023” turnirining Turkmanistonga qarshi uchrashuvida qatnasha olmaydi.
Bugun, 14 iyun kuni O`zbekiston - Turkmaniston jamoalari o`rtasidagi o`yinda terma jamoamizni yordamchi murabbiy Alesh Cheh boshqarib boradi.
Eslatib o`tamiz, uchrashuv bugun, 14 iyun kuni soat 20:30 da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
14.06.2023 12:19
Bugun O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysiz maydonga tushadi






