AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi 7 qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi(video)

'Jizzaxdagi 7 qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi(video)'ning rasmi

Bugun, 14 iyun kuni soat 05:00 da Jizzax shahar “Xalqobod” MFY R.Isaev ko`chasida joylashgan 7 qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi.

Viloyat FVB Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 05:08 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 05:15 da o`rab olingan va soat 06:00 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida binoning 180 kv.m maydoni yonib zararlangan. Binoning 400 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.

Yong`inni o`chirishga 5 ta yong`in-qutqaruv bo`linmalari jalb etilgan. Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar