Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Peshku tumanida 23 nafar fuqaroga sotilgan savdo do`konlarini garovga qo`ygan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
“D.” MChJ rahbari N.A. va boshqalar korxona tomonidan qurilgan ko`p qavatli uy-joyning 1-qavatidagi savdo do`konlarini 23 nafar fuqaroga dastlabki shartnoma asosida jami 4,5 mlrd so`mga sotgan. So`ng do`konlarini ularning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, hududiy tijorat banki filialiga garov ta`minoti sifatida taqdim qilib 1,3 mlrd so`m kredit rasmiylashtirib olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






