AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi tarixiy yodgorlikka elektr korxonasi xodimlari tomonidan zarar etkazildi

'Qashqadaryodagi tarixiy yodgorlikka elektr korxonasi xodimlari tomonidan zarar etkazildi'ning rasmi

Qashqadaryoda tarixiy yodgorlik hududida tuman elektr korxonasi mas`ul shaxslari tomonidan qurilish amalga oshirilib, unga zarar etkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani “Darxon” mahallasida joylashgan VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya ob`ektiga jiddiy ziyon etkazilgan. Tuman elektr korxonasi mas`ul shaxslari transformator punktini o`rnatish uchun yodgorlikning 3,75 metr kub hajmidagi qismi noqonuniy ravishda kovlab, madaniy meros ob`ektiga 93 mln so`mlik zarar etkazilgan. Mazkur ob`ekt madaniy meros sifatida ro`yxatga olinib, davlat muhofazasida bo`lgan.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Yakkabog` tumani elektr ta`minoti mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar