Bugun, 14 iyun soat 11:40 da "Buxoro-Urganch" avtomobil yo`lida Uzauto Motors avtoparkiga tegishli treyler va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, avtomobillarning to`g`ridan-to`g`ri to`qnashuvi natijasida avtovoz kabinasi shikastlanganligi sabab ikki haydovchi ham olingan og`ir jarohatlar natijasida vafot etdi.
Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan o`rganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma`lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga ko`ra beriladi.
"Uzauto Motors jamoasi YTH qurbonlarining oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Kompaniya ularga barcha zaruriy yordam va ko`mak ko`rsatilishiga kafolat beradi", - deyilgan rasmiy xabarda.






