AsosiyJamiyat

Andijondan Toshkentga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi

'Andijondan Toshkentga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi'ning rasmi

Yil oxirigacha“Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo`lini qurish bo`yicha mega-loyiha boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev andijonlik saylovchilar bilan o`tgan uchrashuvda ma`lum qildi. 

“Vodiy aholisining uzog`ini yaqin qilish maqsadida, “Andijon – Farg`ona – Qo`qon – Namangan – Andijon” temir yo`l halqasi bo`ylab 4 ta elektropoezdlar harakati yo`lga qo`yiladi. Natijada, kuniga 8 ta qatnov tashkil etilib, 10 mingga yaqin yo`lovchi tashiladi. Bunga, 40 million dollar jalb qilinadi.

Shuningdek, Andijon xalqaro aeroporti zamonaviy standartlar asosida to`liq ta`mirlanadi va bu ishlarga 350 million dollar yo`naltiriladi.

Shu yil oxirigacha Jahon banki bilan birga “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo`lini qurish bo`yicha 2,5 milliard dollarlik mega-loyiha boshlanadi. Loyihani amalga oshirish natijasida, Andijondan Toshkent shahriga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar