AsosiyJamiyat

Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etiladi

'Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev avtomobilsozlikka oid ma`lumotlar bilan o`rtoqlashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Bir raqamga e`tibor qiling: Asaka tumanidagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari respublikaning 9 ta viloyati sanoatidan yuqori.

Biz avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qo`shimcha 1 milliard dollar investisiya kiritamiz. Bu orqali, kelgusi ikki yilda avtomobil ishlab chiqarishni hozirgi 300 ming donadan 500 ming donaga olib chiqamiz”, — dedi nomzod.

Shavkat Mirziyoev 2030 yilga qadar yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishilishini aytdi.

“Shuningdek, Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etilmoqda”, – dedi nomzod.

    Boshqa yangiliklar