Toshkent-Dehli samolyotida uchib kelgan ikki nafar o`zbekistonlik fuqaro katta miqdorda tilla buyumlarini Hindiston hududiga noqonuniy yo`l bilan olib kirishga urinayotganda qo`lga olingan, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda. Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, ushbu O`zbekiston fuqarolari Dehliga tijorat maqsadlarida muntazam tarzda kelib turgan.
"O`zbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolarimiz bilan bog`liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas`ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o`rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o`tkazish choralari ko`rilmoqda.
Diplomatik missiya vatandoshlarimizdan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog`ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat`iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg`on va`dalariga aldanib qolmaslikka chaqiradi", - deyilgan xabarda.






