Toshkentdagi klinikada shifokor bo`lib ishlaydigan homilador ayol boshlig`i tomonidan kaltaklanganidan so`ng, bolasi tushib qolgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida, 1982 yilda tug`ilgan K.A. va 1982 yilda tug`ilgan U.X. o`zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib ketgan. Janjal natijasida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.






