O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev farg`onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida Qo`qondagi bozorda sodir bo`lgan katta yong`in haqida gapirdi.
“Qo`qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo`lsin, biz hech kimni o`z holiga tashlab qo`ymaymiz” — Shavkat Mirziyoev Qo`qonda bo`lgan yong`in haqida munosabat bildirdi
“Bir masalaga alohida to`xtalib o`tsam. Shu haftada Qo`qondagi buyum bozorida sodir bo`lgan yong`in yuzlab tadbirkorlarimizga zarar etkazdi.
Qo`qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo`lsin, biz hech kimni o`z holiga tashlab qo`ymaymiz!
Bu bozor uzog`i bilan bir oyda to`liq tiklab beriladi, bunga barcha kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Kim qaysi do`konda faoliyat yuritgan bo`lsa, o`sha erda tadbirkorligini davom ettiradi.
Yong`indan zarar ko`rgan barcha tadbirkorlarning kredit va soliq to`lovlari muddati kechiktiriladi. Ularning qaytadan “oyoqqa turib olishlari” uchun aylanma mablag` uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yong`in oqibatida bozorga tutash hududlarda zarar ko`rgan aholi xonadonlari to`liq ta`mirlab beriladi.
Umuman, etakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish bo`yicha katta dastur qabul qilamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoev.






