2023 yilning yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
- havo transportida kelgan sayyohlar 428,4 ming kishini (16,5 %);
- temir yo`l orqali kelganlar – 32,8 ming kishini (1,3 %);
- avtomobil transportida kelganlar – 18,4 ming kishini (0,7 %) tashkil etgan.
Sayyohlarning eng ko`p qismi, ya`ni 2,1 mln nafari (81,5 %) piyoda kelgan (asosan qarindoshlarini yo`qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o`tishgan).






