Bugun, 15 iyun kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat bo`yicha viloyat IIB YHXB ma`lumot berdi.
Holat soat 14:30 larda Andijon tumani hududidan o`tgan “Andijon halqa yo`li”da yuz bergan. Unda Nexia-3 hamda Matiz rusumli avtomashinalar o`zaro to`qnashib ketgan. YTH Nexia-3 haydovchisi — 1996 yilda tug`ilgan A.R.ning qarama-qarshi yo`ldan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasining yo`liga chiqib yuborishi oqibatida ro`y bergan.
Hodisa oqibatida Matiz rusumli avtomashina haydovchisi ShTTYoBga murojaat qilgan. Xar ikkala avtomashinalar texnik shikastlangan.
Ushbu holat Andijon tuman IIB tomonidan ro`yxatga olinib, hozirda tuman IIB YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






