AsosiyJamiyat

O`zbekiston Chexiyadan yangi samolyot sotib oladi

'O`zbekiston Chexiyadan yangi samolyot sotib oladi'ning rasmi

O`zbekiston va Chexiya o`rtasida LET Aircraft Industries konsernining LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo`yicha shartnoma imzolandi.

Xabarga ko`ra, 15 iyun kuni Uzbekistan Airways bosh ofisida kichik guruh yo`lovchilarini tashish uchun ichki yo`nalishlarda reyslar sonini ko`paytirish, shuningdek, respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Chexiyaning LET Aircraft Industries konsernining LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo`yicha shartnoma imzolandi.

Ushbu havo kemalarini qisqa uchish-qo`nish yo`laklarida qo`llash va respublika ichidagi Zarafshon va Shahrisabz, Andijon shaharlari kabi yo`nalishlar tarmog`ini kengaytirish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar