Toshkentdagi "Milliy bog`"da yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
15 iyun kuni soat 20:58 da Toshkent shahrida joylashgan "Milliy bog`" hududining orqa qismida quruq o`t yonayotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan, deyiladi xabarda.
Zudlik bilan voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji etib borib, yong`inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.






