AsosiySport

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos eng serdaromad germaniyalik futbolchiga aylanadi

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachi Toni Kroos eng serdaromad germaniyal...

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachi Toni Kroos eng serdaromad germaniyalik futbolchiga aylanadi.  Bu haqda Bild nashriga tayanib, “Sport-Ekspress” ma`lum qilmoqda.  

"Qirollik klubi" Kroos bilan amaldagi kelishuvini 2022 yilgacha uzaytiradi. Unga ko`ra, xavbekning yillik maoshi 20 million evro qilib belgilanadi va u futbol tarixidagi eng ko`p maosh oluvchi germaniyalikka aylanadi.

Hozirda u yiliga 10,9 million evro oladi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda eng ko`p maosh oluvchi germaniyalik futbolchi “Bavariya”da to`p surayotgan Tomas Myuller sanaladi. Uning yillik maoshi 15 million evroga teng. “MYu” yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtaygerning yillik maoshi 14 million bo`lsa, “Manchester Siti” a`zosi Ilkay Gyundogan 12 million oladi.  

Eslatib o`tamiz, Kroos 2014 yili “Bavariya”dan 30 million evro evaziga “Real”ga kelib qo`shilgandi. 

Boshqa yangiliklar