Rossiyada tan jarohati olgan o`zbekistonlik vatanga qaytarildi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, jizzaxlik fuqaro E.I. Amur viloyatining Svobodniy shahriga 2022 yilning sentyabr oyida qurilish sohasida ishlash maqsadida boradi. Ishdan tashqari paytda yiqilib, ustiga futbol darvozasi tushib ketadi. Og`ir tan jarohati olgan E.I. zudlik bilan shifoxonaga yotqiziladi. Ma`lum bo`lishicha, fuqaroning umurtqa pog`anasi va orqa miyasi jarohatlangan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentlining Amur o`lkasidagi vakili bemorning holidan xabar olib, shifokorlar bilan doimiy aloqa bo`lib turdi.
Fuqaroning biroz ahvoli yaxshilangach Xabarovsk-Toshkent yo`nalishidagi aviareys chipta olib berilib, Vatanga qaytarildi.






