Prezident farmoni bilan "2023/2024 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.
Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o`quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:
- bakalavriat bo`yicha kunduzgi ta`lim shakliga – 34 860 nafar;
- magistratura bo`yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, tizimida OTM bo`lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyungacha tasdiqlaydi.






