AsosiyJamiyat

Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

'Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi'ning rasmi

Prezident "Davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatish to`g`risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

 Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

  • kam ta`minlangan shaxslar, agar ular:
  • fuqarolik ishlari bo`yicha da`vogarlar yoki javobgarlar;
  • ma`muriy ishlar bo`yicha arizachilar;
  • ma`muriy qamoq tarzidagi ma`muriy jazo nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
  • jinoyat ishlari bo`yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo`lsa;
  • ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga «Psixiatriya yordami to`g`risida»gi qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko`rsatilayotganda;
  • o`z huquqlari buzilgan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida»gi qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
  • jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo`yicha advokat ishtirok etishi shart bo`lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og`zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e`tiboran 3 ish kuni ichida ko`rib chiqiladi (Jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo`yicha advokat ishtirok etishi shart bo`lgan hollar va muddatlar bundan mustasno).

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatuvchi advokatlar reestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko`rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to`g`risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi "Yuridik yordam" axborot tizimida ro`yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi.

Qayd etilishicha, advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to`lov amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar